Tuman hokimi "Ziyokor" mahallasida

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan “mahallabay” ishlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida mahalla kesimida yangi tizimni yo‘lga qo‘yish va joylardagi infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilingandi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman hokimi Murodjon Achilov hokim yordamchisi bilan birgalikda Ziyokor mahallasida aholi xonadonlarida bo‘lib, imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan hamda o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida qo‘y va parranda boqishni yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tuman hokimi mahallada ish o'rinlari yaratishga keng imkoniyatlar borligini hamda mahalla yoshlarini jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 26, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 536 marta