Tuliyev Bunyod Ilxomboyevich

2023 yil 5 apreldan:

Gurlan tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi

Tug‘ilgan yili:                                                 Tug‘ilgan joyi:

02.12.1991                                                      Xorazm viloyati, Yangibozor tumani

Millati:                                                            Partiyaviyligi:

o‘zbek                                                             O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi a’zosi

Ma’lumoti:                                                      Tamomlagan:

oliy                                                                  2015 y. Toshkent davlat agrar universiteti

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:               fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish

Ilmiy darajasi:                                                Ilmiy unvoni:

yo‘q                                                                 yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:                               Harbiy (maxsus) unvoni:

yuk                                                                  yo‘q

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):                      

yo‘q

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa

saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):               

yo‘q

 

MEHNAT FAOLIYATI

2009-2011 yy. - “Yangibozor paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati ishchisi

2011-2015 yy. - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

2015-2016 yy. - “Yangibozor paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyati ishchisi.

2016-2016 yy. - Xorazm viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangibozor tumani filiali mutaxassisi

2016-2017 yy. - Xorazm viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangibozor tumani filiali “Bir oyna”bulimi hujjatlarini qabul qilish va chiqarish mutaxassisi

2017-2017 yy. - Xorazm viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangibozor tumani filiali “Bir oyna”bo‘limi boshlig‘i

2017-2019 yy. - Xorazm viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Yangibozor tumani filiali rahbari

2019-2019 yy. - Yangibozor tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bosh mutaxassisi

2019-2021 yy. - Yangibozor tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2021-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko‘mitasi xuzuridagi Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi Ma’muriy amaliyot bo‘limi mutaxassisi

2021-2022 yy. - Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i

2022-2023yy  -  Vaqtincha ishsiz

2023 y- h.v.     - Gurlan tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi

 

Quyidagilar tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat xokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash;

ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog‘i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi bosh mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

-

Yoqilg‘i – energetikasi resurslarini tejash bo‘yicha tuman komissiyasi.

-

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashni muvofiqlashtirish tuman komissiyasi.
(Har yili tasdiqlanadigan kuz-qish mavsumi qaroriga asosan)

-

 “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi.

-

Yo‘llarda harakatlanish havfsizligini ta’minlash bo‘yicha tuman komissiyasi

  Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi tuman komissiyalari:

-

 Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

-

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish tuman komissiyasi;

-

Ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtitrish hamda monitoring qilish bo‘yicha tuman komissiyasi;

-

tuman hududida avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish komissiyasi;

-

Tadbirkorlik sub’ektlarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman tanlov komissiyasi;

-

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha tuman tanlov komissiyasi;

-

Aholi punktlarini kompleks qurilishini nazorat qilish tuman komissiyasi;

-

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tuman komissiyasi;

       qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Tuman qurilish bo‘limi;

“O‘ztransgaz” AK tuman filiali;

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi;

“O‘ztelekom” AJ tuman filiali

Tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi;

“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi unitar korxonasi tuman filiali;

Tuyamo‘yin-Gurlan mintakalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining tuman bo‘limi;

«O‘zbekiston pochtasi» tuman filiali;

Tumandagi loyihalash tashkilotlari;

Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari;

Tumandagi transport tashkilotlari;

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi;

“Toza hudud” unitar korxonasi tuman bo‘limi;

Tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat unitar korxonasi;

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi hududiy distribyuterlik markazi” unitar korxonasiga qarashli tuman shohobchasi;

Tumandagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.


Mart 01, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 537 marta