Toshkentda «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi boshlandi

Bugun Toshkentda «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘lib o‘tayotgan tadbir Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQSh Global jalb qilish instituti, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro islom akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimiyatlari hamkorligida tashkil etilgan.

Anjuman doirasida turli mamlakatlar dinshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislariga jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlab turishning muhim sharti sifatida dinlar va madaniyatlar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyot, ilg‘or xorijiy tajriba namoyish etiladi.

 

Forum 20 mayga qadar davom etadi.


May 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 589 marta