Targ'bot tadbirlari

Gurlan tumanida joriy yilning 26-iyul kuni tuman moliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning chekka hududlari hisoblangan Do‘stlik hamda Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida "Openbudget.uz" axborot portalidan foydalanish, taklif kiritish jarayoni bilan mahalla xodimlariga va fuqarolarga tanishtirish maqsadida targ’ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda qatnashgan fuqarolarga joriy yilning 3-avgust kuniga qadar "Openbudget.uz" sayti orqali ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilish uchun tashabbus ko‘rsatgan holda o‘z taklifdarini portalga joylashlari mumkinligi va ovoz berish jarayoni 24-avgustdan 12-sentyabrgacha o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi  Axborot xizmati


Iyul 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 533 marta