Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan  fuqarolar uchun o'quv kurslari tashkil qilindi   

Gurlan tumanida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash  maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, o'z tadbirkorligini boshlash niyatidagi xotin-qizlar hamda yoshlar uchun  Iqtisodiy Taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Xorazm viloyati  filiali tomonidan o'quv kurslari tashkil qilindi.

O'quv kurslarida soha mutaxassislari tomonidan o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan  fuqarolarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reestridan o'tkazish, subsidiya, tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar hamda kredit olish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar berildi.

Mazkur o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh fuqarolarga tuman hokimligida sertifikatlar topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 444 marta