Subsidiya asosida 18 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021-yildagi «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-31-sonli Qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi 252-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Gurlan tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Gurlan tumanida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan "Ayollar daftari"da ro’yxatda turuvchi 18 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib, fuqarolarni tabrikladi hamda berilgan tikuv mashinalaridan samarali foydalanishlari, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo'lga qo‘yish bilan  moddiy ahvollarini yaxshilashiga erishishlarini taʼkidlab o‘tdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 26, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 364 marta