Statistika

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 471,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va 2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati indeksi 107,7 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 3127,7 ming so‘mni (106,2 foiz) tashkil etdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Gurlan tumani viloyatda 6-o‘rinni egallaydi. 

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 188,3 mlrd. so‘mlik  iste’mol tovarlari  ishlab chiqarilib,  2020-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 101,4 foizni tashkil etdi. 

Jumladan, 117,9 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari  ishlab chiqarilib,  umumiy hajmga nisbatan 62,6 % ni tashkil qildi.

70,3 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 37,4 % ni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga iste’mol mollari hajmi 1248,8 ming so‘m (99,9 foiz) bo‘lib, jami viloyatda ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining 2,2 % ini tashkil etadi.


Yanvar 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 888 marta