Seminar

Bugun Gurlan tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 iyundagi "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 300-sonli qarori doirasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni namunali yo‘lga qo‘yish, mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda Xorazm viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N.Qudratova qatnashib, “Ayollar daftari”da ijtimoiy himoya, uy-joy ta'miri, tibbiy va huquqiy yordam, psixologik maslahatga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, qaramog‘ida nogiron farzandlari bor yolg‘iz ayollar ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarga tizimli yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 19, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 475 marta