Ramazon hayiti bayramida necha kun dam olamiz?

“Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 

2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Prezident farmoniga muvofiq, Ramazon hayiti arafasida:

 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun;

 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

Bunda:

  • 30-aprel (shanba) – dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni):
  • 1-may (yakshanba) – dam olish kuni;
  • 2-may (dushanba) – Ramazon hayiti bayrami;
  • 3–4-may (seshanba – chorshanba) – qo‘shimcha dam olish kunlari (7- va 14 maydan ko‘chirilgan).

Aprel 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 482 marta