Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezidentga murojaat Gurlanli otadan” sarlavhasi bilan videomurojaat tarqaldi.

Videomurojaatda fuqaro Babadjanov Komil tomonidan Shodlik mahallasi Bobur ko‘chasidagi 11-uyning qurilishiga ketgan materiallarni qayta hisoblab berishni so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni maʼlum qilamiz:

“Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Xorazm viloyati filiali mutaxassisining 2019-yil 27-avgustdagi xulosasiga ko‘ra Shodlik mahallasi Bobur ko‘chasidagi 11-uyning ta‘mirlanishiga 94,5 mln so‘m mablag‘ sarflangan, hujjatlar tekshirilganda haqiqatda bajarilgan ishlar 93721689 so‘mni tashkil qilib, 778311 so‘m qo‘shib yozilganligi aniqlanib, fuqaro Raximboyev Odilbek tomonidan yetkazilgan zarar qoplangan.

Gurlan tuman ma‘muriy sudining 2019-yil 8-oktabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Raximboyev Odilbekga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi 1-qismi bilan yuritilgan ish MJTKning 21-moddasiga asosan tugatilib, u ma‘muriy javobgarlikdan ozod qilingan.

Xorazm viloyat ma‘muriy sudi tomonidan 2019-yil 26-noyabrda Raximboyev Odilbekga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va ma‘muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqidagi hamda Gurlan tuman ma‘muriy sudining 2019-yil 8-oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 61-moddasi 1-qismi bilan Raximboyev Odilbekni ma‘muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorlari bekor qilingan va unga nisbatan to‘plangan hujjatlar qo‘shimcha surishtiruv harakatlari o‘tkazish uchun Xorazm viloyati prokuraturasi orqali Gurlan tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Shuningdek, fuqaro Babadjanov Komilga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Xorazm viloyati filiali mutaxassisining xulosasidan yoki Xorazm viloyati ma‘muriy sudining qaroridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda yuqori turuvchi sud organlariga murojaat qilishi mumkinli tushuntirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

 


Dekabr 31, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 726 marta