Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan jinoyat ishlari sudida bo‘layotgan ochiq sudga fuqarolar kiritilmayapti. Sudlarning ochiqligi, shaffofligi qayerda qoldi?” mazmunidagi xabar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi tomonidan videomurojaatda ko‘rsatilgan holat yuzasidan tuman sudi raisi tomonidan boshqa jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganligi, videomurojaatdagi fuqarolar kirishni talab qilayotgan jinoyat ishi bo'yicha ochiq sud majlisi 11-fevral soat 16:00 ga tayinlanganligi hamda ushbu sud majlisi hali boshlanmaganligi, ochiq sud majlisi boshlangach fuqarolar sud zaliga kiritilganligi maʼlum bo’ldi.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yolg‘on maʼlumotlar tarqatganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlik bor ekanligini eslatib o‘tamiz.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 592 marta