Otalik mas’uliyatini xis qilmagan otalar javobgarlikga tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 27.07.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Z.A. foydasiga qarzdor X.X.dan har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida, shuningdek, ushbu sudning 24.05.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.K.dan undiruvchi G.B. foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.

Ushbu ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar aliment pul mablag‘larini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va qonuniy hal qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudiga yuborilib, otalik mas’uliyatini unutgan otalarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo‘limi boshlig‘i                                                                         X.X.Urazmetov


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 451 marta