Oromgohda dam olayotgan bolalar Xivaga sayohat qilishdi

Gurlan tuman hokimligi tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining Shumanay tumanidan 25 nafar bolajonlar tumandagi "Nihol" bolalar oromgohida maroqli dam olishmoqda.

Bugun oromgohda dam oluvchi bolajonlar uchun Xiva shahridagi "Ichan Qalʼa" majmuasiga sayohat uyushtirildi. Bolajonlar Xiva shahrining tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolar hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, maroqli sayohat qildilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 08, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 482 marta