Murojaatlar tezkorlik bilan hal qilinmoqda

Joriy yilda bugungi kunga qadar “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 17 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shunda 8 tasining ijobiy hal qilinishiga erishildi.  Gaz ta’minoti bo‘limida murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilishga e’tibor kuchaytirilgan.

Xususan, joriy yilning 19-may 2022-yil kuni tumandagi Mevazor mahallasida yashovchi Abdukarimov Alisher Bobajonovichning 2017-2018-yillar “Gurlantumangaz” gaz ta’minotidan 2 ta maishiy gaz baloniga pul to‘lab olganman lekin bugungi kunda gaz balonimni olib qo‘ymoqchi deb shu masalada amalida amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ishonch telefoni orqali murojaat qilgan. Abdukarimov Alisher Bobajonovichning xonadoniga borib o‘rganilganida bugungi kunda Toshkentda xizmat safarida bo‘lganligi sababli dalolatnoma rasmiylashtirildi va ovoz chiqarib o‘qib eshittirildi. “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi 646-sonli Qaroriga asosan bir xonadonga bir dona maishiy gaz balon berilishi. Iste’molchiga vaqtincha foydalanish uchun berilgan gaz balonlari uchun rejim sozlash ishlari olib borilganda belgilangan pereskurant asosida to‘lovlar undirilishi kerakligi tushuntirildi. Shundan keyin fuqaro Abdukarimov Alisher Bobajonovich uzoqda bo‘lganligi sababli telegram orqali xech qanday e’tirozi yo‘qligi to‘g‘risida tushuntirish xati yozib jo‘natdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, gaz ta’minotidagi muammolarni o‘rganishda gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlarining joylarga chiqib o‘tkazayotgan sayyor qabullar nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga qadar mahallalarga borib aholi bilan muloqot tadbirlari tashkil etildi. Xususan, gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Xo‘janboyev Dilmurod Rimberganovichning Qangli mahallasida o‘tkazgan aholi bilan uchrashuvda ayrim xonadonlarda suyultirilgan gazdan suv isitish qozoniga yoqish uchun foydalanilmoqda. Bu, tabiiyki, suyultirilgan gazning uni yetkazib berish bo‘yicha tuman hokimligi bilan kelishilgan holda belgilangan 45 kunlik muddatdan oldin tugab qolishiga sabab bo‘lmoqda.

“Hukumatimiz tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan gaz imtiyozli ravishda ya’ni kilogrammi uchun 1120 so‘m narxda yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda gaz quyish shoxobchalarida suyultirilgan gaz litri erkin narxda o‘rtacha 3500 so‘mdan sotilmoqda. Gazlarda kilogramm birligi litr birligidan ko‘ra salmoqli hisoblanadi.Bu misol imtiyozning nechog‘lik katta ekanligining yaqqol tasdig‘idir. Shuning uchun, ushbu ne’matdan tejamkorlik bilan foydalanish, uni faqat ovqat pishirish va choy qaynatishga sarflash zarur.” -dedi “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Xo‘janboyev Dilmurod Rimberganovich.

 

“Nazorat va murojaatlar bo‘limi” yetakchi mutaxassisi N.Sh.Shukurllayeva


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 421 marta