Mening konstitutsiyam

Gurlan tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, tashkilotlar rahbarlari, deputatlar va OAV vakillari  ishtirok etdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni qizg‘in pallaga kirdi. Bugun 25-iyundan boshlangan umumxalq muhokamasi natijasi umumlashtirilib, qonun loyihasi yanada takomillashtiriladi. Uning natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yiladi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 483 marta