Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

 

Gurlan tumani hokimligida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “ Yoshlar daftari”  ro‘yxatidagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mavzusida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Matbuot anjumanida  aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami ya’ni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ko’rsatilayotgan yordamlar to’g’rida ma’lumot berildi hamda 2023-yilda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar belgilab olindi.

Tashkil qilingan matbuot anjumanida ishtirokchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati

 

 


Yanvar 17, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 334 marta