Marbugat mahallasida yangi tikuvchilik sexi ish boshladi

Gurlan tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, bir so‘z bilan aytganda, “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy etilgan hokim yordamchilari faollik bilan ishlarni davom ettirib, ayniqsa, bir necha yillardan beri bo'sh turgan binolardan samarali foydalanmoqdalar.

Jumladan, “Marbugat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida mahalladagi hokim yordamchisi Jahongir Xasanovning tashabbusi bilan "Marbugat chevarlari" tikuvchilik korxonasi tashkil etilib, mahalladagi 15 nafar ayollarning bandligi ta'minlandi.

Korxonaning ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari Muzaffar Urazmetov, hokim yordamchisi Jahongir Xasanov va mahalla faollari ishtirok etishdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 27, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 566 marta