Maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv

Joriy yilning 15-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 16-son umumta’lim maktabi hamda 2-sonli va 3-sonli kasb-hunar maktablarida tuman hokimi o‘rinbosari M.Urazmetov tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri Murod Marimov bilan birgalikda  9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashdilar.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, oliy ta’limga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 582 marta