Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi

Barchamizga ma’lumki, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan foydalanishni jadal rag‘batlantirilmoqda.

Bugungi kunda ushbu borada qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi ma’qullanib, ushbu chora-tadbirlarda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich ishlab chiqilib xayotga tadbiq qilinmoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlar va jamiyatimizda ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z faoliyatlarini mustaqil boshlashiga va biznesini rivojlantirishiga muhim poydevor bo‘ladi.

Bu o‘z navbatida, tadbirkorlarning va mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalarni yanada ko‘payishiga va ayni damda qo‘shimcha ish o‘rinlarini vujudga kelishiga, fuqarolarning turmush darajasini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

Izoh tariqasida:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 274-sonli qaroriga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan taqdim etilgan bildirishnomaga asosan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bazasi yuritiladi.

 

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra 2022-yilning 1-aprel holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 1857 taga yetdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan  17,2 % oshgan va faoliyat ko‘rsatayotganlari soni esa 1738 tani tashkil qildi bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 250 taga yoki 16,8 % ga oshgan.

Ma’lumot tariqasida:

Oxirgi 6 yillikka e’tibor beradigan bo‘lsak, tumanimizda 2016-yillarda davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subyektlar soni 612 tani (fermer va dexqon xo‘jaliklarsiz) tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 1867 ta bo‘lib 1255 taga ko‘payganini kuzatish mumkin.

     Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlarning asosiy qismi ,  qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi  (jami ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning  27,2 %), savdo  (24,5 %) ,sanoat (15,2 %)  sohalariga to‘g‘ri keladi.

 

Ro‘yxatga olingan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (2022-yilning 1-yanvar holatiga)

 

Ro‘yxatga
olingan

Faoliyat
ko‘rsatayotgan


birlik

jamiga nisbatan % da


birlik

jamiga nisbatan % da

 

 

 

 

 

Jami

1857

100,0

1738

100,0

shu jumladan:

 

 

 

 

qishloq, o‘rmon va baliq
    xo‘jaligi

510

27,5

475

27,3

sanoat

284

15,3

267

15,4

qurilish

65

3,5

60

3,5

savdo

458

24,7

429

24,6

tashish va saqlash

49

2,6

49

2,9

yashash va ovqatlanish
    bo‘yicha xizmatlar

105

5,7

92

5,3

axborot va aloqa

18

1,0

17

1,0

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy                                                                                                                                       xizmatlar ko‘rsatish

34

1,8

33

1,9

boshqa turlari

334

17,9

316

18,1

       Korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarning ulushi 93,6  % ni, shu bilan birga faoliyat ko‘rsatmayotganlarning ulushi 6,4 % ni tashkil etganligini ko‘rsatmoqda.

 2022-yil 1-yanvar holatiga 1521 ta tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar – 374 ta, oilaviy korxonalar – 160 ta, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar –964 va 23 tani boshqa tijorat korxonalari tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tashkiliy huquqiy shakllari bo‘yicha asosiy qismi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar yildan yilga o‘sib bormoqda va bu ma’lumotlarni statistik raqamlarda kuzatish mumkin.

2022-yilning yanvar-mart oylarida jami 98 ta yangi korxonalar va tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, yoki 2021-yilning shu davriga nisbatan 29 taga ko’paygan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning katta ulushi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 39,8 % ni , sanoatda 27,6 %, savdoda 17,3 %, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 2,0 %  tashkil etdi.

Ma’lumot tariqasida:

Tumanimizda yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlar soni (fermer va dexqon xo‘jaliklarsiz) 2016-yilda 15 ta, 2017-yilda 35  ta, 2018 yilda 26  ta, 2019 yilda 136 ta, 2020-yilda 159 ta, 2021-yilda 67 ta va bugungi kunda 98 tani tashkil qildi.

 2022-yil 1-aprel xolatiga tumanimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining soni 1518 tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan  yilning  shu davriga nisbatan 246 taga, yoki 19,3 % ga oshgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan jami 1518 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlarining 473 tasi (31,2 %) – qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida,  266 tasi (17,5 %) - sanoatda, 58 tasi (3,8 %) - qurilishda, 429 tasi (28,3%) - savdoda, 49 tasi (3,2 % ) - tashish va saqlashda, 89 tasi (5,9 %) - yashash va ovqatlanish  bo‘yicha xizmatlar sohasida, 16 tasi (1,1 %) - axborot va aloqa sohasida, 31 tasi (2,0 %) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda, shuningdek 107 tasi (7,0%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, savdo va sanoat faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar. 2022-yil 1-aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 8 tani tashkil etdi. Shuningdek, Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 6 tasi qo‘shma korxonalar va 2 tasi xorijiy korxona hisoblanadi.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqobatbardoshlik muhitini yaratish maqsadida chet ellik sarmoyadorlarga yurtimiz bozoriga kirib kelishlari o‘z faoliyatlarini olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar yildan yilga soni kengayib borayotganligini statistik raqamlarda o‘z aksini topgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan 7 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, 1 tasi (14,3 %) sanoat, 4 tasi (57,1%) savdo, 2 tasi (28,6%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligihissalariga to‘g‘ri keladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi savdo faoliyat turiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sanoat sohasidagi faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni va ulushi (2022-yilning 1-aprel holatiga)

 

 

birlik

Jamiga
 nisbatan 
% da

Jami

7

100,0

shu jumladan:

 

 

Sanoat

1

14,3

Savdo

4

57,1

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi

2

28,6

Qurilish

-

-

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar

-

-

Tashish va saqlash

-

-

Sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish

-

-

Axborot va aloqa

-

-

Boshqa turlari

-

-

 

O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan 327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgandan boshlab, Respublikamizda oilaviy korxonalar faoliyatini tashkil etishda, korxona huquqini muhofaza qilishda va faoliyatini yuritishda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Buning natijasida, oilaviy korxonalar soni ko‘payib mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishida ijobiy ulushiga ega bo‘lib bormoqda.

 

Oilaviy korxonalar. Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni – 2022-yil 1-aprel holatiga 177 tani tashkil etib, ulardan 160 tasi yoki 90,4 % faoliyat yuritadi.


May 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 495 marta