Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

Bugun tuman hokimligida Gurlan tuman sudi sudyasi Jasur Axmedov, tuman hokimi o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova, xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shokir Xudayarov, mutasaddi rahbarlar, deputatlar va mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyati muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda so‘z olganlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarda inson qadri birinchi darajada e’tirof etilayotganini ta’kidlab, qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 466 marta