Kitobxonlik haftaligi boshlandi

Bugun Gurlan tumani Nurobod mahallasidagi Madaniyat uyida “Kitobsevar millat” shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gurlan tuman hokimligi, xalq ta’lim bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot – kutubxona markazi hamda  Respublika ma’naviyat va ma’rifat tuman bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbirda kitob o‘qishga qiziquvchi, turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan o‘quvchi yoshlar ham ishtirok etdilar.

Tadbir doirasi kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Axborot – kutubxona markazi tomonidan kitob do’konlari bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi ham tashkil qilindi.

“Kitobxonlik haftaligi”  doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar 18-apreldan 24-aprelgacha davom etadi. Unda faol ishtirok eting!

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 499 marta