Kimlarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʼshimcha toʼlov toʼlanadi?

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʼiz keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-274-son qaroriga muvofiq 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan yolgʼiz keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʼrniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida qoʼshimcha toʼlov (2022-yil 1-iyun holatiga 300 000 soʼm) toʼlab borilishi belgilangan.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan yolgʼiz keksalar yoki nogironligi boʼlgan shaxslar toʼgʼrisida taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan joriy yilning iyun oyi uchun 12 nafar fuqarolarga toʼlov qaydnomalari shakllantirilib, AT Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazildi va iyun oyida  12 nafar shaxslarga  toʼlovlar amalga oshirildi.

 

Pensiya jamg‘armasi Gurlan tuman bo'limi


Iyul 14, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 591 marta