Jinoyat va jazo korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari va oqibatlari

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirish bu davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish davlat asosiy ustuvor vazifasidir.

Korrupsiya bu mamlakatda iqtisodiyotni yanada o‘stirishga, xalq farovonligini oshirishga, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashda to‘siq bo‘luvchi omillardan biridir.

Shu sababli barcha davlatlar kabi bizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat nazoratidagi olingan. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shilishi, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror va farmonlarda o‘z tasdig‘ini topgan.

Ushbu me’yoriy hujjatlar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida vazifalar uchun dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunga ko‘ra, korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish hisoblansa, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik esa korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish tushuniladi.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishi, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish yo‘li bilan zarur chora-tadbirlar ko‘rib kelmoqda.

Sudlar tomonidan sudya va sud xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, doimiy yig‘ilish va seminarlarda sudyalar va xodimlarga korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari va oqibatlari tushuntirib kelinmoqda.

Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar. Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shartligi, ushbu majburiyatning davlat organlarining xodimlari tomonidan bajarilmaganligi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlari balki har bir korxona, muassasa, tashkilot, yuridik shaxslar va fuqarolarning ham asosiy kundalik vazifasiga aylanishi lozim. Bu illatga befarqligi ushbu illatning ko‘payishiga xizmat qilsa, unga murosasizlik bilan kurashish esa uning kamayishiga xizmat qiladi.

Hududlarda sudlar tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar va xalq bilan bo‘lgan muloqotlarda alohida e’tibor aholi ongida korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni shakllantirish, davlat va sud-huquq idoralari faoliyatida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilmoqda.

Ushbu illatga qarshi kurashish va bu borada qabul qilinayotgan Qonun,  Prezident farmonlari va qarorlarining mazmun mohiyati sudya va sud xodimlari tomonidan har bir qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, o‘quv dargohlarida, aholi va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda keng tushuntirishlar olib borilmoqda.

Ushbu sohada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va dasturlar fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga va ushbu sohasidagi qonun hujjatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi raisi             Bahrom Hayitboyev


Iyun 10, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 572 marta