Jaholatga — qarshi ma’rifat

Gurlan tumani "Besh uy" mahallasida joylashgan 45-sonli umumta'lim maktabida “O‘zbekiston Chernobilchilar assotsiatsiyasi” Xorazm viloyati bo'limi, Ma’naviyat va ma'rifat markazi Gurlan tuman bo'linmasi hamda tuman XTB bilan hamkorlikda maktabning o'quvchi yoshlari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori asosida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish maqsadida fikr hamda mulohazalarni bildirib o‘tdilar.

Uchrashuv davomida o'quvchilar bilan viktorina tashkillashtirildi va g'olib o'quvchilar “O‘zbekiston Chernobilchilar assotsiatsiyasi” Xorazm viloyati bo'limi tomonidan sovg'alarga ega bo'ldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Yanvar 30, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 414 marta