Iste’mol bozori va tashqi iqtisodiy aloqalar

2022-yilning yanvar–mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 235,8 mlrd. so‘mni yoki  2021-yilning shu davriga nisbatan 120,5 % ni tashkil qildi.

Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi (umumiy ovqatlanishni qo‘shgan holda) 1,9 mlrd. so‘mni tashkil qiladi va umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 0,8 % ni tashkil qildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 183,8 mlrd. so‘mga yetdi, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 77,9 % ni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,4 % ga o‘sish kuzatildi.

Uyushmagan savdo tovar aylanmasi 50,1 mlrd.so‘mni tashkil qilib, jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 21,3 % ni tashkil qildi va  142,2% o‘sish kuzatildi.

 

Jami

Aholi jon boshiga

mlrd. so‘m

2021 yilning yanvar-mart   oylariga nisbatan foizda

ming so‘m

2021 yilning yanvar-mart 
oylariga nisbatan foizda

Chakana tovar aylanmasi

235,8

120,5

1548,6

118,6

 

 

Tumanda tashqi savdo aylanmasi 3,3 mln. AQSh dollariniga teng bo‘lib, jami tashqi savdoning 35,0 foizni eksport, 65,0 foizini import tashkil qiladi. Import 2022 yilning yanvar-mart   oylarida 2,2 mln. dollarni, eksport 1,1 mln. dollarni tashkil etdi.

 

            Tashqi savdo aylanmasi
        (ming AQSh dollari)

 

Tashqi savdo aylanmasi

Eksport

Import

Saldo

 

2022 yilning yanvar-mart   oylarida

3313,0

1160,4

2152,6

-992,2

Tuman tashqi savdo aylanmasi 2022-yilning yanvar–mart oylarida 3313,0 ming AQSh dollarni, jumladan eksport 1160,4 ming AQSh dollarni, import 2152,6 ming AQSh dollarni, shuningdek tashqi savdo saldosi -992, ming AQSh dollarni tashkil etdi.


May 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 555 marta