Issiqxonalardan unumli foydalanaylik!

Hurmatli tomorqa yer egalari!

Sizlarni qurilgan issiqxonalarni ta’mirlash, plyonkasini yopish va to‘liq ekish, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish va uy atroflarini obodonlashtirishga chaqiramiz.

Hozirgi kuz-qish sharoitida aholi xonadonlarida qurilgan ixcham issiqxonalarga:

-ismaloq,

-piyoz,

-sarimsoqpiyoz

-turli ko‘katlar (shivit, kinza, rediska) ekish maqsadga muvofiq.

Ushbu ekinlarni yig‘ishtirib olgandan keyin yerni ekishga tayyorlab,

- pomidor,

-bodring ko‘chatlari,

-qalampir

ekib oilaning birlamchi ehtiyojlari uchun, shuningdek, iste’moldan ortiqcha mahsulotlarni ichki bozorda sotish orqali daromad olib, moddiy manfaatdorlikka erishish mumkin.

Shuningdek, aholi tomorqa yerlari, uy atroflariga “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ko‘chat ekish ishlarida faol bo‘lishga chaqiramiz.

 

Xorazm viloyati fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi.


Noyabr 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 348 marta