Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi holidan xabar olindi

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasida yashovchi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 104 yoshni qarshilagan Bobojon bobo Madaminov  xonadonida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram munosabati bilan Bobojon bobo xonadoniga viloyat hokimligi, tuman sektor rahbarlari, harbiylar, mehnat faxriylari va yoshlar tashrif buyurishdi.

Otaxonga Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylariga yo‘llagan tabriknomasi, 18 million pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 07, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 241 marta