Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari! 

Viloyatimizga kirib kelgan kuchli shamol tufayli ayrim uylarning tomlari va daraxtlar qulashi kabi holatlar kuzatilmoqda. 
 
Shu sababdan elektr tarmoqlariga shikast yetgan ayrim hududlarning elektr energiyasida qisqa muddatli uzilishlar sodir bo'lmoqda.

Elektr energiyasidagi uzilishlar bosqichma-bosqich ish xodimlar tomonidan bartaraf qilinmoqda.

Uzilishlar borasida jamiyatning kunu tun faoliyat olib boruvchi 1154 qisqa raqami orqali murojaatlarni qoldirishingiz mumkin.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun sizdan uzr so'raymiz.

 

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.


May 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 651 marta