Hokim yordamchilari uchun seminar

Yurtboshimizning “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini taʼminlash, mazmun-mohiyatini tushuntirish  maqsadida Gurlan tuman hokimligida mahallalardagi hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Usmon Jumagaldiyev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov, mahallabay ishlash markazi mutasaddilari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shuningdek, eng yuqori natijalarni qayd etgan 20 nafar hokim yordamchilariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.Qo’chqorovning tashakkurnomasi topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 432 marta