Hokim yordamchilari faoliyati sarhisob qilindi

O‘tgan yil boshida mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahallalarda hokim yordamchisi lavozimi joriy qilingan edi. Yil davomida hokim yordamchilari o‘z faoliyatida qanday natijalarga erishdi? Bugun viloyatdagi 531 ta mahallaning hokim yordamchilari ishtirok etgan tadbirda ana shu masalalar muhokama etildi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximovning faoliyat samaradorligini baholash reyting tizimida eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar hokim yordamchilari uchun mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan Respublikamiz bo‘ylab bepul sayohat tashkil qilish va har chorak yakuni bilan moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi taklifi olqishlar bilan kutib olindi. Eng faol hokim yordamchilari mehnati munosib e’tirof etilib, galdagi muhim vazifalar belgilandi.

Tadbir viloyat san’at ustalarining konsert dasturi bilan davom etdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari viloyat musiqali drama teatrida “Jaloliddin Manguberdi” spektaklini tomosha qildilar. 

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Yanvar 07, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 415 marta