Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Mehr daftari" tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 26-son qaroriga asosan Gurlan tumanida “Mehr daftari”da ro‘yxatda turgan bolalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun tuman hokimi o’rinbosalari Ulug’bek Davlatov, Muzaffar Urazmetov hamda bolalarni himoya qilish shu'basi mudiri Ergash Xodjamuratovlar tumandagi 3 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehr daftari”da ro‘yxatda turuvchi bolajonlarga mebel jihozlarini topshirdilar.

Bolajonlar bilan suhbat jarayonida ularning  bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, qiziqishi va qobilyatlariga qarab to‘garaklarga jalb qilinishi hamda bepul maktab formasi va maktab o’quv qurollari bilan ta’minlanishini ta’kidlab o’tdilar.

Bundan tashqari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, “Mehr daftari”da ro‘yxatda turuvchi bolajonlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha tizimli ishlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kabi xayrli tadbirlar kelgusida ham davom etadi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 23, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 506 marta