Gurlanlik duatlonchilar viloyat kubogi sohibi

Urganch tumanidagi o‘quv-mashq maydonida duatlon turi bo‘yicha 2002-2004 va 2005-2007-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida Xorazm viloyati kubogining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan uyushtirilgan mazkur musobaqada tizim tasarrufidagi o‘quv sport texnika klublari va o‘quv muassasalarining sportchilari o‘zaro kuch sinashdi

Umumjamoa hisobida gurlanlik yosh duatlonchilar Xorazm viloyati kubogi sohibi bo‘lishdi. Keyingi sovrinli o‘rinlar  Urganch avtomobil sport texnika maktabi unitar korxonasi va Urganch tumani jamoalariga nasib etdi.

Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm VTAST markazi direktori O. Ibragimov sovrindorlarni qutlab, ularni tegishli darajadagi diplom, kubok, medal va sovg‘alar bilan taqdirladi.


Sentabr 10, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 361 marta