Gurlan tumanida yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Gurlan tumanining eng chekka hududi hisoblanadigan  “O‘yilma” mahallasida yangidan barpo etilgan 28-son “Kelajak avlod” nomli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimida tuman hokimi Murodjon Achilov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanishi bo'yicha joriy yilda o'tkazilgan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-mavsumida qoldirilgan taklif fuqarolar tomonidan qo'llab-quvvatlanib, jarayon yakunida g'olib bo'lganligi sababli "Tashabbusli byudjet" jamg'armasi mablag'lari jihozlash uchun yo'naltirilgan.


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 622 marta