Gurlan tumanida uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar doimiy e’tiborda

Bugun Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov va mas’ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda uyida yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar holidan xabar olib, bolajonlarga sovg‘alar ulashdilar.

Jumladan, chekka hududda joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2-sinf o‘quvchisi Qadamova Sarvinoz, 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 4-sinf o‘quvchisi O‘razboyev Xudoyshukur va 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 3-sinf o‘quvchisi Farxadboyev Safarboylar xonadonida bo‘ldilar.

Tashrif davomida tuman hokimi o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, qiziqishlari va darslarni o‘zlashtirish jarayonlari tanishib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Bugungi kunda Gurlan tumanida 55 nafar yakka tartibda uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar bo‘lib, ularning bilim olishlari uchun uyida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 14, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 344 marta