Gurlan tumanida tashabbusli budjet jarayonlarida g‘olib deb topilmagan 6 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2022yil 2mavsu-mida o’tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida ikki mingdan ortiq ovozni to’plagan, lekin g’olib bo’lmagantadbirlarni tanlab olish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-409–son qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirish to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25- oktabrdagi "Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-409-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25- oktabrdagi "Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-409-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan o‘z hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qoldirilgan takliflarning 3-bosqich, ya’ni “ovoz berish” jarayoni yakunida aniqlangan, fuqarolar tomonidan ikki mingdan ko’p ovozlar berilgan, ammo “g’olib” bo’lmagan takliflar ro‘yxati hamda undagi shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxati 1ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan ilovaga asosan 3-bosqich, ya’ni “ovoz berish” jarayoni yakunida fuqarolar tomonidan ikki mingdan ko’p ovozlar berilgan, ammo “g’olib” bo’lmagan takliflardan ID1610600017 bo’yicha sotib olishi belgilangan tovarlar (xizmatlar) ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  4. Gurlan tuman hokimligining Axborot xizmati (O.Jabberganov), "Gurlan hayoti" gazetasi tahririyati (F.Abdullayev) bilan birgalikda 3-bosqich, ya’ni “ovoz berish” jarayoni yakunida aniqlangan fuqarolar tomonidan ikki mingdan ko’p ovozlar berilgan, ammo “g’olib” bo’lmagan takliflar, shuningdek, undagi shakllangan tadbirlarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borish vazifalari yuklatilsin.
  5. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (M.Ollamov)ga va tuman g‘aznachilik bo‘linmasi o’rinbosari (J.Abdullayev)ga budjetga tegishli o‘zgartirish kiritish, belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish topshirilsin.
  6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Davlatov) hamda Gurlan tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi (S.Xaniyazov) zimmasiga yuklansin.

Sessiya raisi                                                            Sh.Xudayarov

 

 

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining

2022 yil 28 oktabrdagi

VI-66-169-12-171-K/22-son qaroriga

1-ilova

Gurlan tumani bo‘yicha 2022 yilning 2-yarmida ikki mingdan ortiq aholining ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo'lmagan jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha

 MANZILLI RO‘YXAT

so'mda

G‘olib taklif ma’lumotlari

 

Amalga

oshirishning

aniqlangan qiymati

Haqiqatda ajratilgan*

Moliyalashtirish manbasi (FTJ,

qo‘shimcha manba, budjet parametri)

Buyurtmachi tashkilot

Qo'shimcha hujjatlar

Turi

Taklif ID raqami

Balansida saqlovchining manzili va nomi

Qisqacha mazmuni

To‘plagan ovozlari soni

 

"Fuqaro lar tashabbusi jamg‘armasi"da shakllangan mablag‘

 

5 425 788 664,96

x

x

x

x

1

1610600001

Gurlan tuman Mustaqillik ko'chasi 2uyda joylashgan tuman

Obodonlashtirish boshqarmasi

Eshimjiron MFY, Nurli yo‘l ko‘chasi va tutashturuvchi yo‘lning, taxminan 2km yo‘liga asfalt yotqizib

berishingizni so‘raymiz

5778

1 200 000 000,0

1  200 000 000, 0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

loyiha-smeta hujjatlari

eng yaxshi taklifni tanlash

2

1610600309

Gurlan tuman Ziroatchilar ko'chasi 3uyda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi

Tuman markaziga olis bo‘lgan hududda istiqomat qilaman

Sholikor qishlog‘imizdagi hamda tuman markaziga uzoq va chekka hududlarda yashovchi aholiga ko‘rsatiladigan

tibbiy xizmatlar bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Sholikor qishlog‘idagi "Chinobod" MFY,

"Besh uy" MFY va boshqa tuman markaziga olis bo‘lgan hududlarga yengil konstruksiyali “Mahalla tibbiyot punkt”larini o‘rnatishni taklif qilaman.

5393

300 000 000,0

300 000 000,0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Tuman tibbiyot birlashmasi

loyiha-smeta hujjatlari

eng yaxshi taklifni tanlash

3

1610600030

Gurlan tuman Ziroatchilar ko'chasi 3uyda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi

Gurlan tumani 10-oilaviy poliklinikaga qarashli tayanch punkti binosi avariya holatida, binoni qaytadan kengaytirilgan holda zamonaviy qilib qurish

4063

800 000 000,0

800 000 000,0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Tuman tibbiyot birlashmasi

loyiha-smeta hujjatlari

eng yaxshi taklifni tanlash

4

1610600018

Gurlan tuman

Ziroatchilar ko'chasi 3uyda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi

Tibbiyot birlashmasiga qarashli Bo‘zqal’a oilaviy shifokorlik punktining “Dehqonobod” tayanch punktini joriy ta’mirlash.

”Dehqonobod” mahallasida joylashgan Tibbiyot birlashmasiga qarashli Bo‘zqal’a oilaviy shifokorlik punktining “Dehqonobod” tayanch punktini joriy

ta’mirlash. Natijada mahalla aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirishga erishiladi.

2912

600 000 000,0

600 000 000,0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Tuman tibbiyot birlashmasi

loyiha-smeta hujjatlari

eng yaxshi taklifni tanlash

5

1610600017

Gurlan tuman Ziroatchilar ko'chasi 3uyda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi

Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarning stomatologiya xonalariga 4 ta stomatologik kreslo hamda

fizioterapiya xonalariga 6 ta to‘plam fizioterapiya tibbiy apparatlari bilan jihozlash.Natijada tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmi va sifatini oshirishga erishiladi.

2728

600 000 000,0

600 000 000,0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Tuman tibbiyot birlashmasi

boshqalar

elektron do'kon

6

1610600063

Gurlan tuman Mustaqillik ko'chasi 2uyda joylashgan tuman

Obodonlashtirish boshqarmasi

Gurlan tuman "Ishonch" mahallasi hududidagi "Nukus" ko‘chasining (tuman istirohat bog‘i yonidan To‘qson

kanaligacha) taxminan 1.5 km qismini asfalt yotqizib ta’mirlash lozim. Hozirgi kunda yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.

2719

1 200 000 000,0

1  200 000 000, 0

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi

Xalq ta’limi bo‘limi

loyiha-smeta hujjatlari

eng yaxshi taklifni tanlash

 

 

Taqsimlanmagan mablag‘

 

 

725 788 664,96

 

 

 

 

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining

2022  yil 28 oktabrdagi

VI-66-169-12-171-K/22-son qaroriga

2- ilova

Gurlan tumani bo‘yicha o'tkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko'ra g'olib bo'lgan ID 1610600017 loyihani amalga oshirish bo'yicha xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar)

Reestri

                                                                so'mda

Tovar (xizmat) nomi

soni

bozor narxi

summasi

1

Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarning stomotologiya honalariga stomatologik kreslo

4

50 000 000,0

200 000 000,0

2

Тibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarning fizioterapiya xonalariga fizioterapiya tibbiy apparatlari to‘plami

6

60 000 000,0

360 000 000,0

 

Loyihaning amalga oshirish jami qiymati

 

 

560 000 000,0

 


Oktabr 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 371 marta