Gurlan tumanida mahallalardagi xotin-qizlar faollariga planshetlar topshirildi

Gurlan tumanida 50 ta mahallada o‘tgan yilning may oyidan xotin-qizlar faollari ish boshlagan edi. O‘tgan davr mobaynida mahallalarda xotin-qizlar muammolarini o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish, shuningdek, ayollar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish, ish bilan ta’minlash va hunar o‘rgatishda xotin-qizlar faollari samarali mehnat qilib kelmoqda. 

Ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida bugun barcha mahallalardagi xotin-qizlar faollariga zamonaviy planshetlar topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 07, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 323 marta