Gurlan tumanida mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli)  saylovi

Mamlakatimizda ayni kunlarda qizgʻin jarayon, mahalla fuqarolar yig‘ini raisligi (oqsoqoli) uchun saylovlar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, tumanimizdagi mahallalarda ham saylovlar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, ovoz berish jarayonlari qonunchilik talablariga asosan oʻtkazilmoqda.

Bugun tumandagi  “Do’simbiy”, “Taxtako’pir” va “Marbugat” mahallalarida mahalla raisligi (oqsoqoli) uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi, senator Bahodir Tojiyev va saylov jarayonlarida tuman komissiyasi a’zolari ishtirok etishib, jarayonlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishini bevosita kuzatib borishdi.

“Marbugat” mahallasida o‘tkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovidan fotolavhalar. 

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


May 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 487 marta