Gurlan tumanida ayollar o’rtasida velosport musobaqasi o'tkazildi

Bugun Gurlan tumanidagi Markaziy o’yingohda tuman hokimligi hamda tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamkorligida 15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Farovon oila sari” g‘oyasi ostida mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirokida sportning velosport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar ikkita yosh toifasida-18-30 yosh va 30 yoshdan katta xotin-qizlar o‘rtasida bo’lib o’tdi.

Murosasiz bahslarga boy tarzda kechgan musobaqa g‘oliblari tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 15, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 530 marta