Bugun Gurlan tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi markaziy dehqon bozorida bo‘lib, tashkil etilgan oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarka narx-navosi bilan tanishdi. 

O’rganishlar davomida bozorda oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini barqaror holatda saqlash, sovuq ob-havo davrida sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda yarmarkalar hamda bozor ichidagi umumiy  savdo do‘konlaridagi mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdilar.

Tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga yarmarkalar bilan birgalikda umumiy savdo doʻkonlaridagi narxlarni ham barqaror ushlab turish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati

Yangiliklarga obuna

Bank kursi

Ob-havo gurlan