Gurlan tumanida 9 turdagi dorivor o’simliklar yetishtirilmoqda

Bugun «Do‘simbiy» mahallasida dorivor o‘simliklarni yetishtirishga ixtisoslashgan FIT TIB PHARM” MCHJ qarashli dala maydonida seminar tashkil qilindi.

Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Y.Bekchanov, mutasaddi rahbarlar va OAV ishtirok qildi.

Seminarda dorivor o‘simliklarning oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa sohalarda ishlatilishi  hamda shifobaxsh xususiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Shuni taʼkidlash lozimki, FIT TIB PHARM” MCHJ tomonidan  13 gektar yer maydoniga 9 turdagi steviya, shalfey, amarant, kalendula, rastaroshka, qora sedana, oddiy igir, pustirnik va makkai sano kabi dorivor o‘simliklar yetishtirib, ichki bozorga, shuningdek, boshqa viloyatlarga ham yetkazib berilmoqda.

Joriy yilda "FIT TIB PHARM” MCHJ tomonidan o‘zida yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olingan.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 533 marta