Gurlan tumanida 2023-yil hosili uchun g'alla ekishni tashkil qilishi masalalariga bag'ishlab seminar o'tkazildi 

Mazkur seminarda tumandagi qishloq xo'jaligi sohasida ko'p yildan buyon xizmat qilib kelayotgan faxriylar va fermer xo'jalik rahbarlari ishtirok qilishdi. 

Seminar davomida Vazir hududida joylashgan "Sharif chelak" fermer xo'jaligiga qarashli bo'lgan 25 gektar yer maydoniga (g'o'za qator orasiga) "Zimnitsa" navli bug'doy urug'i ekildi hamda fermer xo'jaligi yer maydonlariga ekilgan paxta ekinlariga defoliatsiya tadbiri amalga oshirildi. 

Ma'lumot uchun Gurlan tumanida 2023-yil hosili uchun 4500 gektar yer maydoniga g'alla ekilishi rejalashtirilgan.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 459 marta