Gurlan tumanida "Tashabbusli budjet" jarayonida gʼolib boʻlgan loyihalarning amalda bajarilishi

"Tashabbusli budjet" loyihasida fuqaro Urazmatov Rustam tomonidan joriy yil 1-mavsumida tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli tumandagi Chakkalar mahallasida joylashgan 11-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini taʼmirlash boʻyicha qoldirgan taklifi ovoz berish jarayonida 1213 ovoz toʻplab gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Ushbu taklif boʻyicha taʼmirlash ishlarini olib borish uchun oʻtkazilgan tanlovda "Eksterer" xususiy korxonasi gʻolib boʻlgan. Hozirgi kunda ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Taʼmirlash ishlari uchun fuqaroning oʻz taklifida koʻrsatilgan mablagʻni inobatga olgan holda xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 5-apreldagi VI-53-53-12-171-K/22-son Qaroriga binoan "Tashabbusli budjet" jamgʻarmasi hisobidan 700.0 mln soʻm mablagʻ ajratilgan.

Hurmatli fuqarolar openbudget.uz sayti orqali oʻtkaziladigan "Tashabbusli budjet" jarayonida faol ishtirok eting va yashab turgan hududingizdagi ijtimoiy muammolar oʻz yechimini topishida oʻz hissangizni qoʻshing.


Gurlan tumani hokimligi  Axborot xizmati



 


Iyun 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 437 marta