Gurlan tumanida “Innoweek-2022” innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” to‘g‘risidagi PF-6198-son farmoniga ko‘ra Gurlan tumani innovatsion hududga aylantirildi. Gurlan tumanida o‘tkazilayotgan “Innoweek-2022” tadbirlari qatorida bugun innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu ko‘rgazmada viloyatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari, Ilmiy tadqiqot institutining taniqli olim va mutaxassislari hamda iqtidorli yoshlar, ya’ni 50 ga yaqin innovatorlar o‘z g‘oya, ishlanma hamda ixtirolari bilan ishtirok qildilar.

Tadbirda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi va ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyotning barcha sohalariga tatbiq etish yuzasidan olimlar bilan fikrlashdi.

Ko‘rgazma natijasida Urganch davlat universiteti olimlarining energiya tejamkor qurilmasini “Gurlan Global Teks” MCHJ korxonasiga joriy etish bo‘yicha memarondum imzolandi.

Ko‘rgazma doirasida taniqli olimlarning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Ko‘rgazma yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 320 marta