Gurlan tumanida “Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim” shiori ostida bayram sayli bo’lib o’tdi

Bugun Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim"  shiori ostida bayram sayli tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib, tumandoshlarimizni ushbu bayram bilan qutladi.  Tadbir davomida namoyish etilgan milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va milliy o‘yinlar tumanimiz aholisiga bayramona kayfiyat ulashdi. Doshqozonlarda sumalaklar, katta qozonlarda osh damlanib, tumanimiz aholisi va mehmonlari uchun tortiq etildi.

Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Tumanimizning har bir go‘shasida, ta’lim muassasalari, korxona, tashkilotlar va barcha mahallalarda  bayram tantanalari davom etmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 18, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 286 marta