Gurlan tumanida "4-sektor kubogi" musobaqalari boʻlib oʻtdi

Gurlan tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun 4-sektor hududidagi 15 ta mahalla yoshlari o‘rtasida sportning armrestling, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha "4-sektor rahbari kubogi" musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish marosimida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Hurmat Abdukarimov ishtirok qilib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Qizg‘in o‘tgan bahslardan so‘ng musobaqa g‘oliblariga tuman davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Alisher O‘razbayev tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 640 marta