Gurlan tumani hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 6 va 25-moddalariga asosan

QAROR QILAMAN:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarori va “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmoniga muvofiq tumandagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda-mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi (keyingi o‘rinlarda - hokim yordamchisi) lavozimitashkil qilinsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-29-sonli Farmoni bilan:
  • iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimlikning rahbar xodimlaridan tayinlanishi;
  • hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishlicha tuman hokimi boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinishi belgilab qo‘yilganligi inobatga olinsin.

4 . Quyidagilar hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

  • mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;
  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik bo‘yicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
  • doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini o‘rganish orqali ularni kasbhunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi o‘quv markazlariga yo‘naltirish hamda o‘qishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga yordam berish;
  • mahalladagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mavsumiy ishchilarga bo‘lgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, «temir daftar», «ayollar daftari» va «yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga joylashtirish hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
  • mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda ko‘maklashish;
  • mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shug‘ullanish tajribasiga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga biriktirish;
  • aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
  • mahalladagi ish bilan band bo‘lmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara to‘lovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishi uchun subsidiyalar olishda ko‘maklashish;
  • mahalladagi bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’ektlariga ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
  • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
  1. Belgilab qo‘yilsinki tumandagi barcha idora va tashkilotlarning birinchi rahbarlari hokim yordamchilariga ularning vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak berish uchun shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.
  2. Gurlan tumani hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi

ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Gurlan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Davlatov) hokim yordamchilari va markazlarni tegishli bino (xona), moddiy-texnika va zamonaviy axborot vositalari (mebel, kompyuter to‘plami, aloqa, internet va boshqalar) bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
  2. Tuman moliya bo‘limi (J.Xasanov) tasdiqlangan shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazsin hamda yangi kiritilgan hokim yordamchilari uchun lavozim maoshi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa to‘lovlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
  3. Tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi (Yu.Xamatov), xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati (Sh.Xudayarov) o‘n kun muddatda mazkur qaror va tuman hokimligining yangilangan tashkiliy tuzilmasini o‘rnatilgan tartibda xalq deputatlari tuman Kengashi tasdig‘iga kiritilishini ta’minlasin.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.


Tuman hokimi                                          M.Achilov


Mart 04, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 576 marta