Gurlan tumani Eshimjiron mahallasi ichki yo`liga asfalt yotqizilmoqda

Xabaringiz bor, tumanimizda joriy yilda bir qator markaziy hamda ichki yo'llarda mukammal ta'mirlash hamda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilda o‘tkazilgan "Tashabbusli budjet" jarayonining 1-mavsumida g’olib bo’lgan Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarining jami 1,6 km qismiga asfalt yotqizilmoqda.

Ma'lumot uchun: Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijasida "Drujba" MCHJ g‘olib bo‘lgan hamda Eshimjiron mahallasidagi "Shifokorlar" va “Murabbiylar” ko‘chalarini asfalt qilish uchun jami 878,3 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 19, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 489 marta