Gurlan tuman hokimligida "Ayollar daftari" 3-bosqichi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

 Mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun Gurlan tuman hokimligida "Ayollar daftari" 3-bosqichi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulsara Qurbonboyeva, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov hamda viloyat va tuman mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirok qildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyul 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 488 marta