Gurlan tuman hokimligida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi xususida seminar o‘tkazildi

Gurlan tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-maydagi 183-son qarori bilan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminar tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, sektor rahbarlari, mutasaddi rahbarlar, raislari va hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazildi. Unda ushbu dasturga kiritilgan o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mavzu doirasida qatnashchilar berilgan savollarga  to‘liq javob oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


May 08, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 254 marta