Gurlan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2022-yil   may oyi yakuni bo‘yicha hisoboti va tadbirkorlarga murojaati

Darhaqiqat, bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

 Masalan, birgina may oyi davomida tumanda 23 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 23 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, may oyida olib borilgan o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha 12 ta subyektning 59.4 mln. so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi. 

Ta’kidlash o‘rinliki, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida aprel oyining o‘zida 160 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Eng muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

 Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik subektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning aprel oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 2 ta korxonaning faoliyati tiklandi. Natijada, 5 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 Bugungi kunda qo‘lida hunari bor yoki uyda yakka tartibda ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning o‘zini o‘zi band qilishi, ish stajiga ega bo‘lishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning aprel oyi yakuni bilan viloyatda 151 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy ko‘mak berishga tayyormiz.

 

Gurlan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i

O‘razbayev Alisher Odilbekovich


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 618 marta